Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z farmoyishi bilan 2016-yilda Ukraina—NATO hamkorligi bo‘yicha Yillik milliy dasturni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.
Dastur Ukrainaning NATO bilan hamkorligining umumiy siyosiy maqsadlarini belgilab beradi. Shuningdek, tinchlikni saqlash, terrorizmga qarshi kurashish, qurollanish ustidan nazorat va ekologik xavfsizlik bo‘yicha xalqaro operatsiyalarni ham belgilaydi.
Bundan tashqari, hujjat mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirish jarayonini belgilab beradi.
Ukraina vazirlar mahkamasiga hujjatni bajarish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari faoliyatini muvofiqlashtirilishini ta’minlash yuklatildi.
Izoh (0)