Tayvan orolida o‘tgan hafta oxirida sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 94 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Taynan munitsipalitetida vayron bo‘lgan turar-joy binosi ostidan yana bir necha kishining jasadi topilganligi ma’lum qilinmoqda.
Binoda istiqomat qilib kelgan yana 30 nafar fuqaro bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini dam olishsiz davom etayotgan bo‘lsa-da, tirik qolganlarni topish ehtimoli deyarli qolmaganligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tayvanda sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni 62 kishiga yetganligi xabar qilingan edi.
Izoh (0)