“Manchester Yunayted” futbolchilari va xodimlari Joze Mourinyoni kelgusi mavsumda bosh murabbiy etib tayinlanishiga e’tiroz bildirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, muammo shundan iboratki, Mourinyo mojaroli vaziyatlarni yuzaga keltirish usuli bilan murabbiylik qiladi. Jamoadagi o‘yinchilar esa bir-biri bilan janjallashish istagida emas.
Eslatib o‘tamiz, “Real” prezidenti Florentino Peres “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoga shartnoma taklif qilganda Mourinyo rad javobini bergan edi.
Izoh (0)