IPhone + savdo tarmog‘i Gruziya poytaxti Tbilisida joylashgan do‘koniga Apple texnikasini tabarruk qilib berishi uchun ruhoniyni taklif etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Tarmoq vakillari Gruziyaning ko‘plab fuqarolari Apple’ni nazarda tutgan holda “iblis texnikasi”ni xarid qilishdan bosh tortayotgani sababli shu usulni qo‘llashga majbur bo‘lgan. Mazkur marosimdan so‘ng xaridorlarning Apple mahsulotlariga munosabati o‘zgarishidan umid qilinmoqda.
Izoh (0)