“Parnas” yetakchisi Mixail Kasyanovga hujum qilingandan so‘ng, restoran yaqinida chechen politsiyachilari qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, hujum sodir etilgan La Bottega Siciliana restorani yaqinida oddiy askar Ahmad Soltagiriyev, katta serjant Mehdin Ismoilov va leytenant Bekmuhammad Muslimov qo‘lga olingan.
Mixail Kasyanov qo‘lga olinganlarning unga hujum qilganlar emasligini ma’lum qilgach, ular qo‘yib yuborilgan. Biroq ularning restoran yaqinida bo‘lganligi sababi sirligicha qolmoqda.
Izoh (0)