O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Farrux Do‘stov Italiyaning Bergamo shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 42 500 yevroni tashkil qiladi.
Qur’a natijasiga ko‘ra o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada turnirning to‘rtinchi raketkasi Bosniya va Gersegovina vakili Mirza Basichga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan qiyin uchrashuvda Do‘stov kuchli raqibini 4:6, 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.
Taqqoslash uchun, 29 yoshli Do‘stov dunyo reytingida 164, 24 yoshli Basich esa 109-o‘rinni egallab turibdi. Endi Farrux Do‘stov ikkinchi davrada fransiyalik Gregor Barrerega qarshi kortga chiqadi. Bu tennischi dunyo reytingida 170-pog‘onadan joy olgan.
Izoh (0)