Twitter mikrobloglar xizmatining o‘zbekistonlik foydalanuvchilari Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligiga bag‘ishlangan #Navoiy575 heshtegini jahon trendiga olib chiqdi.
Foydalanuvchilar 9-fevral, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan 9:00 dan boshlab #Navoiy575 heshtegi ilova qilingan tvitlarni faol yozishga kirishgan.
“Hashtags.org” sayti ma’lumotlariga ko‘ra, soat 10:00 gacha #Navoiy575 heshtegidan foydalangan holda 13,8 ming, keyingi bir soatda esa 16 ming tvit yozilgan.
Опять в тренде #Navoiy575 pic.twitter.com/DSsVDBOBaV
— Toxa (@toxa_cool85) February 9, 2016
Qayd etish joiz, Twitter’dan tashqari Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida ham #Navoiy575 heshtegi ishtirokida ko‘plab postlar qoldirilgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yoshlar 14-fevral kuni boshqa tarixiy arbob — Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan 14:00 dan boshlab #BoburDay heshtegini jahon trendiga olib chiqishga urinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari bungacha uch marta – 2012-yili O‘zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013-yili Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22, 2014-yili esa o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlangan #IrmatovBest heshteglarini jahon trendi darajasiga ko‘targan edi.
Izoh (0)