Daallo Airlines aviakompaniyasiga qarashli A321 samolyotining bortidagi portlash undagi barchani o‘ldirishga mo‘ljallangan bomba tufayli yuz bergan. Somali Transport va aviatsiya vaziri Ali Ahmed Jamak matbuot anjumanida ushbu bayonotni ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
“Daallo Airlines bortida bomba portlaganligini tasdiqladik. U samolyotdagi barchani o‘ldirishi kerak bo‘lgan”, — dedi vazir.
U Somali hukumati teraktni sodir etishda gumonlanuvchilarni ta’qib etganligini ma’lum qildi, biroq tafsilotlariga to‘xtalmadi.
Eslatib o‘tamiz, Daallo Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti 2-fevral kuni bortida ro‘y bergan portlash tufayli Somali poytaxti Mogadishoda shoshilinch qo‘ngan edi. Uning bortiga portlovchi moslama noutbukda olib kirilganligi ma’lum qilingan edi. Hodisa natijasida reysning bir yo‘lovchisi halok bo‘ldi: portlash chog‘ida u salondan otilib chiqib ketgan.
Izoh (0)