Turkiya bosh vaziri Ahmed Davuto‘g‘li 5-fevral kuni Suriya—Turkiya chegarasiga 15 mingga yaqin odam yetib kelganligini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Uning so‘zlariga qaraganda, Suriyaning Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan hukumat qo‘shinlari hujumga o‘tganligi uchun odamlar Aleppo shahrini tark etmoqda.
Agentlikning ta’kidlashicha, Suriya hukumatining harbiylari va ularning eronlik ittifoqchilari Alepponing shimolidagi hududlarni to‘liq qurshab olgan, shuningdek, so‘nggi kunlarda shaharni Turkiya bilan bog‘lab turuvchi asosiy ta’minot yo‘nalishini kesib qo‘ygan.
Izoh (0)