Instagram’da Tamilani kuzatib borayotgan 114 mingdan ortiq foydalanuvchilarning aksariyati xonandaga haqoratli so‘zlar bilan murojaat qilib, uni hayosizlikda aybladi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, Instagram’dagi sahifasi (@tamilaofficial)dagi barcha suratlarni o‘chirib, sahifa manzilini @kassauz deb o‘zgartirib qo‘ygan.
“Ma’lumotlarga qaraganda, Tamila ayni damda Toshkentdan Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan”, — deyiladi nashr xabarida.
Bir muddat avval Tamila taxallusi bilan ijod qiluvchi Esmeralda Rahmatovaning axloqsiz harakatlari aks etgan videoyozuv messenjerlarda tarqalib ketgandi. Shundan so‘ng xonandaning prodyuseri Najob Agzamov u bilan shartnomani bekor qilgani ma’lum bo‘lgandi.
“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov bu mavzu yuzasidan choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)