Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning u bilan uchrashish istagi haqida yetkazishdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
30-yanvar, shanba kuni Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot e’lon qildi, unda aytilishicha, 29-yanvar kuni ertalab Rossiya harbiy-havo kuchlarining Su-34 samolyoti mamlakat havo hududiga bostirib kirgan.
Shu munosabat bilan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vladimir Putin bilan uchrashish istagini bildirgan edi.
“Vladimir Putinga prezident Erdo‘g‘onning ushbu istagi haqida xabar berildi”, — dedi Peskov Erdo‘g‘on bilan uchrashish haqida qaror qabul qilingan-qilinmagani haqida berilgan savolga javoban.
Izoh (0)