Toshkentdagi G‘afur G‘ulom nomli madaniyat va istirohat bog‘i fotoelektr stansiyalar bilan jihozlanadi. Loyiha Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining joriy yildagi tadbirlar rejasiga kiritilgan. Bu haqda qo‘mita raisi Shomurod Muxamedjanov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
“Mazkur istirohat bog‘i juda ko‘p tungi chiroqlar va attraksionlar bilan jihozlanganki, hammasi elektr energiyasida ishlashga mo‘ljallangan. Ushbu fotoelektr qurilmalarini o‘rnatish natijasida istirohat bog‘i hududida tungi chiroqlarni quyosh energiyasi orqali yoritish imkoniyati yuzaga keladi”, — deya ta’kidlagan Shomurod Muxamedjanov.
Izoh (0)