O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov o‘smirlar o‘rtasidagi Avstraliya Ochiq chempionatining finaliga chiqdi, deb xabar beradi “Sports.uz”.
Musobaqaning yarim finalida 17 yoshli o‘zbekistonlik tennischi avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqdi. Deyarli ikki soat davom etgan mazkur bellashuvda O‘zbekiston vakili 3:6, 6:4, 6:3 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi Avstraliya Ochiq chempionati bosh sovrini uchun Jo‘rabek Karimov avstraliyalik Oliver Anderson va koreyalik Yun-Son Chon uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Jo‘rabek ilk davrada AQSh vakili Ezikel Klarkni 6:1, 6:3, ikkinchi bosqichda gonkonglik Entoni Tangni 6:4, 6:4, uchinchi davrada koreyalik Chang-Yon Oxni 6:4, 6:2, chorak finalda yaponiyalik Yosuki Vatanukini 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.
2015-yilda Avstraliya Ochiq chempionatining yarim finaligacha yetib kelgan Jo‘rabek Karimov o‘tgan yilgi natijasini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)