Besh—o‘n nafar qochoq va muhojirdan tashkil topgan sport jamoasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida qatnashadi — ushbu jamoa Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i va madhiyasi ostida yurib o‘tadi. Bu haqda XOQ prezidenti Tomas Baxga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bunday qaror qochoqlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilindi. Bax ta’kidlashicha, bu sportchilarda na o‘z olimpiya qo‘mitasi, na vatani, na milliy bayrog‘i va na madhiyasi bor.
U qochoqlarga yordam berib, insonparvarlik ko‘rsatayotgan Gretsiyaga minnatdorlik bildirdi hamda Riodagi Olimpiada Gretsiya uchun ramziy ma’noga ega bo‘lishini aytdi. “Olimpiada o‘yinlari ochilishida Gretsiya jamoasi an’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib yurib o‘tadi, qochoqlar jamoasi oxirgi bo‘ladi”, — dedi Bax.
Izoh (0)