Amerikaning sharqiy va markaziy shtatlarida yuz bergan kuchli qor bo‘roni oqibatida halok bo‘lganlar soni so‘nggi kunlarda 48 kishiga yetdi. Bu haqda ABC telekompaniyasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Oldinroq qor bo‘roni tufayli 44 kishi nobud bo‘lgani xabar qilingandi.
Odamlarning o‘limiga yo‘l-transport hodisalari, is gazidan zaharlanish va qorni tozalashda kuchli zo‘riqish oqibatida yurakning xuruj qilishi sabab bo‘lmoqda.
Eng ko‘p halok bo‘lganlar soni Virginiya (12 kishi) va Pensilvaniya (8 kishi) shtatlarida qayd etildi.
Moody’s reyting agentligi mutaxassislarining ta’kidlashicha, qorli bo‘ron oqibatida mahalliy aholi va tadbirkorlikka yetkazilgan zararning miqdori 2,5 milliarddan 3 milliard dollargacha bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)