“Lex.uz” saytida 25-yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston hukumati tomonidan 2015-yilning 24-dekabrida tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalari yangi tahririning matni (pdf) chop etildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar beradi.
Yangilangan Yo‘l harakati qoidalari 2016-yilning 1-mart kunidan boshlab kuchga kiradi.
Hozir amal qilayotgan qoidalar 2001-yilning 1-mart kuni kuchga kirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Yo‘l harakati qoidalarining yangi tahririni tasdiqlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)