Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kinosaroyi (“Panorama”)da 23-yanvar kuni rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi uchun 4,5 mingta chipta sotildi. Bu haqda “Darakchi.uz” nashri xabar bermoqda.
21-yanvardan boshlab kinosaroyning barcha 10 zalida “Baron” filmi namoyish etilgan va, kinosaroy xodimlarinig so‘zlariga ko‘ra, “Panorama” tarixida bunday voqea bo‘lmagan.
“O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmatidan “Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, haqiqatan ham 24-yanvarga qadar kinosaroyning barcha 10 zalida “Baron” filmi qo‘yilgan, 25-yanvardan esa “Baron”dan tashqari, “Dadam bilmasin” va “Qaysarginam” filmlari ham namoyish etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Toshkentdagi Mega Cinema, Parus Cinema, Premier Hall, Vega Cinema, “G‘uncha” kinoteatrlarida, Kinochilar uyida ham “Baron” filmi namoyishi davom etmoqda.
Izoh (0)