O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 26-yanvardan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2831 so‘m 49 tiyin etib belgilandi. Bu 19-yanvardagi kursga nisbatan 5 so‘m 1 tiyinga ko‘p.
26-yanvardan e’tiboran 1 yevro qiymati 3090 so‘m 80 tiyin (19-yanvardagi kursga nisbatan 11 so‘m 92 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 35 so‘m 14 tiyin (19-yanvardagi kursga nisbatan 1 so‘m 78 tiyin arzon) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Izoh (0)