Interpol Ukrainaning sobiq prezidenti Yanukovichni qidirishga taalluqli bo‘lgan ma’lumotni vaqtinchalik cheklab qo‘ydi. Bu haqda Ukraina milliy politsiyasining saytida berilgan ma’lumotlarga asosan “RBK” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Yanukovich va uning advokatlari Fransiyaning Lion shahar sudi va Interpolning hujjatlarni nazorat qilish komissiyasiga shikoyat keltirgan. Natijada Interpol Bosh kotibiyati komissiyasi Yanukovichni qidirishga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni shikoyat ko‘rib chiqilgunga qadar cheklashga qaror qildi.
Yanukovichga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni yuritib kelgan Interpol saytidagi shaxsiy sahifa butunlay yopilmagan. Lekin qidiruvdagi shaxs va unga tegishli ma’lumotlar berkitilgan va Yanukovichning fotosurati olib tashlangan.
Yanukovich 2015-yilning yanvar oyidan buyon rasmiy ravishda xalqaro qidiruvga berilgan. Sobiq prezident uyushgan guruh ishtirokida o‘zganing mol-mulkini o‘zlashtirganlikda va juda ko‘p miqdorda kamomadga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda.
Izoh (0)