Xonanda Dilfuza Ismoilova bir restoranda raqsga tushayotgan suratlari tarqalgani uchun hamkasbi Ozoda Nursaidovani ayblagan edi. Dilfuza Ismoilova 14 yil avval Ozoda Nursaidovaning onasi tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etgani va bu suratlar o‘sha tadbirning videosidan “stop kadr” qilib olinganini aytdi. Ozoda Nursaidovaning o‘zi hamkasbining ayblovlariga javob berdi, deb xabar qiladi “Qalampir.uz”.
“14 yil avval men hech qanday yig‘in qilmaganman. Bu haqda gapirayotgan odam yilini aniq bilib gapirishi kerak. Bu xabarni eshitgach, avvaliga Dilfuza Ismoilovani qachon biror yig‘inga taklif qilganimni eslay olmadim. Onamning tug‘ilgan kunlari bundan 8 yil avval, ya’ni 2008-yilda Toshkentdagi ‘Marrakesh’ restoranida nishonlangan edi. U yerda men qatnashmaganman. O‘sha davrada olingan video tasvirlar ham, fotosuratlar ham menda saqlanib qolmagan.
Meni birovning suratini tarqatishdan boshqa ishim yo‘qmi? Keyin xonanda Dilfuza Ismoilovaning suratlarini ataylab tarqatish shart emas, u hamma to‘ylarda shunday raqsga tushadi. Dilfuza Ismoilova mening nomimdan piar sifatida foydalanibdi. Menimcha, bu atayin uyushtirilgan reklama.
Men ham nomimdan foydalanib, o‘zini reklama qilayotganlarga qonuniy chora ko‘raman”, — dedi Ozoda Nursaidova.
Nashrning qayd etishicha, o‘tgan yilning kuzida Telegram, WhatsApp kabi messenjerlarda xonanda Dilfuza Ismoilovaning o‘z o‘g‘li to‘yidagi raqslari va qudalari qarshisidagi “tabrigi” tasvirlangan videolar ham tarqalgan edi.
Izoh (0)