WBA superog‘ir vaznning mutloq chempionini aniqlovchi turnir tashkil qilmoqchi, deb xabar beradi “Olamsport”. WBA prezidenti Gilberto Mendosa 20-yanvar kuni WBA superog‘ir vazn toifasida mutloq g‘oliblik unvonini beruvchi turnir o‘tkazilishini e’lon qildi.
Tashkilot qaroriga ko‘ra, turnir setkasi quyidagicha ko‘rinish oladi:
1-juftlik: Tayson Fyuri (WBA superchempioni) – Vladimir Klichko
2-juftlik: Luis Ortis (WBA’ning vaqtinchalik chempioni) – Aleksandr Ustinov
3-juftlik: Ruslan Chagayev (WBA’ning muntazam chempioni) – Lukas Braun
Raqibi yo‘q juftlik – Fres Okend
Keyin esa 1- va 2-juftlik g‘oliblari o‘zaro jang qiladi. O‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Fres Okendo bilan jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, britaniyalik bokschi Tayson Fyuri va ukrainalik Vladimir Klichko o‘rtasida revansh jangini o‘tkazish 2016-yilning 7-may kuniga rejalashtirilganligi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)