O‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 21-yanvar, payshanba kuni havo harorati +20 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 21-yanvarga o‘tar kechasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati -3 darajagacha, Toshkent shahrida -2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.
21-yanvarga o‘tar kechasi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati 0...+5 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +2...+7 daraja iliq, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida esa -7...-2 daraja sovuq bo‘ladi.
21-yanvar kuni kunduzi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati +2...+7 daraja, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +5...+10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Shu kuni havo harorati Toshkent shahrida, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +15 darajagacha, Buxoro va Navoiy viloyatlarida +18 darajagacha iliq bo‘lishi mumkin, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida esa havo harorati +15...+20 darajagacha ko‘tariladi.
Izoh (0)