AQSh rasmiylari Eron ballistik raketalari sinovdan o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagani uchun bir qator kompaniya va jismoniy shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Mazkur ro‘yxatga Eronning olti, Xitoyning bir nafar fuqarosi, shuningdek, BAAdan ikkita, Xitoydan bitta kompaniya kiritilgan, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, aslida sanksiyalar 2015-yil oxirida qabul qilinishi ko‘zda tutilgan, biroq buning arafasida Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif amerikalik hamkasbi Jon Kerrini bu harakat ikki mamlakat orasida mahbuslarni almashish jarayoniga xalal berishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Shu munosabat bilan AQSh ma’muriyati sanksiyalar joriy etishni vaqtincha qoldirgan edi.
17-yanvar kuni mahbuslarni ayirboshlash amalga oshirildi va bu AQShga yangi cheklovlarni kiritish imkonini berdi.
Izoh (0)