Indoneziya politsiyasi tomonidan Jakartada 14-yanvarda sodir etilan teraktlarga aloqador bo‘lgan 12 kishini hibsga oldi. Bu haqda Indoneziya politsiyasi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Indoneziya politsiyasi rahbari Badroddin Xaitning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari 16-yanvar, shanba kuni Jakartada yuz bergan portlashlarga aloqador bo‘lgan 12 kishini hibsga olgan. Jinoyatchilar G‘arbiy va Markaziy Yava hamda Sharqiy Kalimantan provinsiyalari vakili bo‘lib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya poytaxtida 14-yanvarda sodir etilgan teraktda yetti kishi halok bo‘lgan, ulardan 5 nafari terrorchilardir. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, teraktni IShIDning janubi-sharqiy Osiyodagi mintaqaviy qanoti yetakchisi bo‘lish istagidagi Bahrun Naim tashkillashtirgan.
Izoh (0)