O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi qor ko‘chishi xavfi 20-yanvargacha saqlanib qoladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
“15—20-yanvarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
Avvalroq O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi qor ko‘chishi xavfi muddati 15-yanvargacha uzaytirilgani haqida xabar berilgan edi.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil 28-dekabridan 2016-yil 15-yanvarga qadar har kuni O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud bo‘ldi.
O‘tgan davr mobaynida “O‘zgidromet” qor ko‘chishi xavfini e’lon qilgan kunlarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chgan-ko‘chmaganligi to‘g‘risida hozircha rasmiy axborot yo‘q.
Izoh (0)