“Klops” nashri smartfonlar orqali amalga oshiriladigan firibgarlikning yangi sxemasi haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Jinoyatchilar internetdagi tanishuv servislari orqali harakat qiladi va Apple ID orqali iPhone’ni bloklab qo‘yadi.
Qalloblikning yangi usulini o‘ylab topgan firibgarlar Rossiyaning Kaliningrad shahrida paydo bo‘ldi, nashrga bunday holat haqida shahar fuqarolaridan biri Anatoliy ma’lum qildi.
U tanishuv saytida Valeriya ismli qiz bilan tanishib, biroz vaqt u bilan muloqotda bo‘ldi. So‘ng qiz Anatoliydan uning Apple ID hisobiga kirishni so‘radi, u go‘yoki, smartfoni ekrani sinib qolgani tufayli, hamkasblari raqamlarini ko‘ra olmayotganini aytdi.
Anatoliy avvaliga qizga yordam bermoqchi bo‘ldi, biroq bu yerda nimadir g‘alati ekanini sezib, begona Apple ID’dan chiqdi, ammo Valeriyaga bu haqda aytmadi. U firibgar qizga uning ma’lumotlarini qo‘lga kirita olmayotgani haqida yozdi. Bunga javoban, uning smartfoniga qurilmaning yangi paroli uchun 6 ming rubl talab qilingan xabar keldi.
Valeriya “g‘isht”ga aylangan gadjet terminaldan to‘lovni amalga oshirib, chek suratini yuborgandan keyingina qayta ishlab ketishini ma’lum qildi. Anatoliy qizga bu firibgarlik amalga oshmaganini aytdi va ijtimoiy tarmoqlarga aldovning yangi turi haqida postlar joyladi.
Nashr ta’kidlashicha, begona Apple ID’larga kirish kerak emas. Icloud.com saytida Apple ID egasi o‘z akkauntiga har qanday kompyuter orqali kira oladi.
Izoh (0)