Vandallar (madaniy boyliklarni oyoq osti qiluvchilar) “Real” forvardi Krishtianu Ronalduning Portugaliyaning Funshal shahridagi haykaliga chizib tashladi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
12-yanvar kuni, “Barselona” forvardi Lionel Messi o‘z faoliyatidagi beshinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritganidan bir kun o‘tib, portugaliyalik futbolchi haykalining orqasida “Messi 10” yozuvi paydo bo‘ldi. Shuningdek, haykal qizil bo‘yoqqa belab tashlangan.
Ronalduning Funshaldagi haykali 2014-yilning 21-dekabrida ochilgan edi.
Izoh (0)