13-yanvar, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 01:06 da Afg‘oniston hududida 5,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
“Toshkent” seysmostansiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda yerosti silkinishlari kuchi 2—3 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta Afg‘onistonda yuz bergan yerosti silkinishlari Toshkentda 8-yanvarda sezilgan edi. Undan keyin 9-yanvar kuni Toshkent shahri yaqinida zilzila yuz berdi.
Izoh (0)