“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike “Oltin to‘p” taqdimoti bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimga bormasligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
Shu tariqa “yilning eng yaxshi murabbiyi” bo‘lishga da’vogarlar orasida faqat Chili termasi ustozi Xorxe Sampaoli marosimda ishtirok etadigan bo‘ldi. “Bavariya” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham myunxenliklar yig‘inida bo‘lishi sababli “Oltin to‘p” taqdimotiga bormaslikka qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” mukofotini topshirish marosimi 2016-yil 11-yanvar kuni Syurixda bo‘lib o‘tadi. Marosim UzReport TV tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qilinadi.
Izoh (0)