Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto mamlakatda eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchilardan biri – narkobaron Xoakin Gusman Loeraning qo‘lga olinganligini ma’lum qildi. Narkobaron “El Chapo” (“Pakana”) laqabi bilan mashhurdir, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Missiya bajarildi: biz uni tutdik. Men meksikaliklarga shuni ma’lum qilmoqchiman: Xoakin Gusman Loera qo‘lga olindi”, — deb yozdi Nyeto Twitter’dagi sahifasida.
Sinaloa narkokartelining yetakchisi Xoakin Gusman Loera 2015-yilning iyulida Meksika qamoqxonasidan uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan yer osti yo‘li orqali qochib ketgan edi.
Uning qamoqxonadan qochib ketishiga aloqadorlikda gumon qilinib, 13 kishi, jumladan, Meksika axloq tuzatish muassasasining bosh nazoratchisi Selina Osegera Parra ham qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)