Toshkent shahrida 8-yanvar, juma kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:08 da yerosti silkinishlari sezildi. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2 balldan kam bo‘lgan.
Qayd etishlaricha, zilzila markazi Afg‘onistondagi Hindikush tog‘larida, Toshkentdan 540 kilometr uzoqlikda bo‘lgan. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentrda zilzila magnitudasi 5 ga teng bo‘lgan.
UzDaily’ning qo‘shimcha qilishicha, 14:08 dagi zilzila Samarqand shahrida ham sezilgan. O‘zbekistonning boshqa shaharlari bo‘yicha ma’lumot, xususan, “Toshkent” MSSda ham yo‘qligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)