Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2015-yil yakuni bo‘yicha klublar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.
Yevropa Chempionlar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining amaldagi g‘olibi “Barselona” reytingni boshqarib turibdi. “Yuventus” va “Napoli” ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi.
Kuchli o‘nlik:
1. “Barselona” (Ispaniya) — 379.002. “Yuventus” (Italiya) — 286,003. “Napoli” (Italiya) — 268.004. “Bavariya” (Germaniya) — 263,005. “PSJ” (Fransiya) — 257,006. “Real” (Ispaniya) — 241.007. “Independyente” (Kolumbiya) — 240.008. “Fiorentina” (Italiya) — 236,009. “River Pleyt” (Argentina) — 234,5010. “Volfsburg” (Germaniya) — 232,00Ushbu reytingda O‘zbekistonning faqatgina bir klubi joy olgan. “Nasaf” ushbu reytingning eng so‘nggi o‘rinida ko‘rinish berdi. Qizig‘i, hozirda Angliya Premyer-ligasinining turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turgan “Lester” ham qarshiliklar bilan bir pog‘onadan joy oldi.
197. “Lester” (Angliya) — 90,00197. “Nasaf” (O‘zbekiston) — 90,00.
Izoh (0)