2016-yilning dastlabki to‘rt kuni davomida Dow Jones indeksining pasayishi so‘nggi 119 yil ichidagi rekord daraja bo‘ldi, deb yozadi “RBK”. 4-yanvardan 7-yanvargacha indeks 911 ta punktga yoki 5 foizga pastladi. AQSh birjalaridagi pasayish Xitoy bozoridagi narx tushishi va yuanning arzonlashuvi bilan bog‘liq bo‘ldi.
4-yanvar kuni ertalab Dow Jones 450 punktga yoki 2,5 foizga pasaydi. S&P500 2,1 foizga tushib ketdi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning birinchi kunidagi eng katta — 6 foizlik pasayish 1932-yilda — Buyuk depressiya avjiga chiqqan vaqtda kuzatilgan; undan keyingisi — 2,8 foizlik pasayish 2001-yilda, dotkom (internet-biznes)lar pufagi portlaganidan keyin qayd etilgan edi.
2016-yilning birinchi kuni pasayish miqdori bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi, biroq Dow Jones’ning to‘rt kun davomidagi pasayishlari jami yig‘indisiga ko‘ra avvalgi rekordlarni ortda qoldirdi.
Izoh (0)