Moskva rasmiylari KXDR tomonidan o‘tkazilgan yadro sinovlarini qoraladi. Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakili Vladimir Voronkov bayonotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Rossiya bu sinovni qoralaydi, bu xalqaro huquqning yaqqol buzilishidir”, — dedi Voronkov.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozircha Shimoliy koreyaliklar aynan qanaqa bombani portlatganligini aniqlab bo‘lmaydi.
“Biz bu kabi mas’uliyatsiz qadam, mavjud kelishuvlarni buzishni qoralaymiz”, — deb ta’kidladi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya razvedkasi KXDRda vodorodli portlash sodir bo‘lganini shubha ostiga olib, yadro sinovi natijasida yuz bergan zilzila magnitudasi yetarlicha kuchli emas deb hisoblagan edi.
Izoh (0)