Coca-Cola ijtimoiy tarmoqlarida tarkibiga Qrim qo‘shilgan Rossiya xaritasining paydo bo‘lishi chet agentlik tomonidan amalga oshirilgan va bundan kompaniyaning xabari bo‘lmagan, deya xabar beradi Meduza.
“Coca-Cola’ning Rossiyadagi bo‘linmasi mamlakat xaritasidan Rojdestvo bayrami kampaniyasi doirasida foydalangan. Xaritani ishlab chiqqan agentlik unga biz bilan kelishmay o‘zgartirish kiritgan”, — deyiladi kompaniyaning TSN teledasturiga (Ukraina) yo‘llagan rasmiy javobida.
Dastlab Coca-Cola ijtimoiy tarmoqlarida Rossiya xaritasi Qrim, Kaliningrad viloyati va Kuril orollarisiz bo‘lgan. Bu xarita chop etilgani uchun kompaniya kechirim so‘ragan va shundan so‘ng tarkibiga Qrim qo‘shilgan Rossiya xaritasini e’lon qilgan. Bu esa yarimorolni bosib olingan deb hisoblaydigan ukrainaliklar noroziligiga sabab bo‘lgan. Oxir-oqibat Coca-Cola ijtimoiy tarmoqlardan xaritani o‘chirib tashladi.
Izoh (0)