Moskva shahridagi “Ris” maxsus bo‘linmasi (SOBR) xodimi elektr poyezdi g‘ildiraklari ostidan itni qutqarib, o‘zi o‘limga olib keluvchi jarohatlar oldi. Bu haqda marhumning xizmatdoshlari bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, 4-yanvar kuni Novogireyevo temiryo‘l vokzalining platformasida bo‘lgan it, elektr poyezdi kelayotgan temiryo‘lga tushib ketgan.
Kuchukni qutqarish uchun pastga tashlangan 31 yoshli SOBR xodimi Konstantin Volkov itni platformaga chiqarib yubordi. Lekin o‘zi chiqishga ulgurmadi va yaqinlashib kelgan elektr poyezdining urib yuborishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi.
Ta’kidlanishicha, Volkov jangovar harakatlarda ishtirok etgan va ilgari “Rus” Ichki qo‘shinlar maxsus kuchlarida xizmat qilib, qizil beret egasi bo‘lgan. Marhumning xotini va bir nafar farzandi yolg‘iz qoldi.
Izoh (0)