AQShning Jorjiya shtatidagi motelda garovga olingan ayol va 11 nafar bola ozod etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Garovdagilarni qutqarish uchun tashkil etilgan maxsus operatsiya vaqtida bolalar va ayolni zo‘rlik bilan ushlab turgan shaxs yaralangan.
Avvalroq Jorjiya shtatidagi motelda bir erkak 11 nafar bola va bir ayolni garovga olgani, garovga olinganlar orasida uch oylik bolalardan tortib 17 yoshli o‘smirlargacha borligi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)