Bellingcat tadqiqot jamoasi Niderlandiyaga, go‘yoki, Donetsk yaqinida Malayziyaning “Boing”i qulashiga aloqador rossiyalik harbiylar ism-shariflari ko‘rsatilgan ma’ruzani topshirdi, deya xabar bermoqda Meduza.
Niderlandiya prokuraturasi vakili Vim de Bryun ma’ruzani e’tibor bilan o‘rganib chiqishga va “uni jinoiy tergovda qo‘llash mumkin-mumkin emasligini aniqlashga” va’da berdi.
Bellingcat asoschisi Eliot Xiggins Niderlandiyaning NOS telekanaliga bergan intervyusida “Boing” halokatiga 20 ga yaqin rossiyalik harbiylar aloqador ekanligini aytib, ularning ba’zilarini sanab o‘tgan edi.
Bellingcat ishtirokchilari laynerni ko‘zlab raketa otgan “Buk” kompleksini Donbassga Kurskning 53-zenit-raketa brigadasi ikkinchi batalyoni harbiy xizmatchilari keltirganini aniqlagan.
Izoh (0)