Yaroslavl viloyatidagi aholi yashovchi uyda sodir bo‘lgan yong‘in joyidan oltinchi marhumning jasadi topildi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakili bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan oltinchi marhumning jasadi vayronalar ostidan topildi.
Oldinroq yong‘in oqibatida besh kishining, jumladan, 51 yoshli erkak, 2012-yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola, 2014-yilda tug‘ilgan qizcha va 2015-yilda tug‘ilgan ikki qizaloqning halok bo‘lganligi ma’lum qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Yaroslavl viloyati, Ribinsk tumanidagi Pesochnoye qishlog‘idagi ko‘p xonadonli yog‘ochli uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Izoh (0)