Eron parlamenti — majlis nufuzli shia ulamosi, oyatulloh Nimr an-Nimr qatl etilgani tufayli mamlakat tashqi ishlar vazirligini Saudiya Arabistoni bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Majlisning xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha komissiyasi Eron TIVga Saudiya Arabistoni bilan munosabatlar darajasini pasaytirish da’vat etilgan maktub yo‘lladi. Komissiya, shuningdek, Saudiyaning Tehrondagi elchixonasi xodimlari sonini qisqartirishni taklif etgan”, — deyiladi IRNA agentligi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tehronda namoyishchilar Saudiya Arabistoni elchixonasiga bostirib kirib, jihozlarni sindirgani va o‘t qo‘yishga uringani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)