“KDB Bank O‘zbekiston” AJ elektron ommaviy axborot vositalarida “KDB Bank O‘zbekiston” AJ xodimi tomonidan 2016-yil 1-yanvardan konversion kartalarga xizmat ko‘rsatish shartnomalari bekor qilinishi va hisobdagi pullar milliy valyutaga o‘tkazishi haqida chop etilgan axborotni qat’iy rad etadi. Bu haqda bank o‘z rasmiy saytida e’lon qildi.
“Qayd etish lozimki, konversion operatsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi Qaroriga (PQ–1914-son, 2013-yil 30-yanvar) hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan ‘Vakolatli banklarda jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom’ga muvofiq ravishda amalga oshirilmoqda”, — deyiladi bayonotda.
Qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinishicha, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ tomonidan 2016-yil 1-yanvardan konversion operatsiyalarni amalga oshirish o‘rnatilgan tartibga asosan davom ettiriladi.
Izoh (0)