“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi “Elektron hukumat” tizimini joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu haqda kompaniya tomonidan 25-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qayd etib o‘tildi.
Ma’lum qilishlaricha, 2015-yilda “O‘zbektelekom” kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining ichki idoraviy tarmog‘ini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Xabar berishlaricha, IIVning 210 ta obyektiga 236,4 kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilgan.