Rossiya Tergov qo‘mitasi vakili Vladimir Markin sud YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni sirtdan hibsga olganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Sud Rossiya Tergov qo‘mitasining alohida muhim ishlarni tergov qilish boshqarmasining iltimosnomasini ko‘rib chiqib, Mixail Xodorkovskiyga nisbatan sirtdan hibsga olish haqidagi jazo chorasini tayinladi”, — deyiladi rasmiy xabar matnida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Tergov qo‘mitasi tadbirkor Mixail Xodorkovskiyni Nefteyugansk meri Vladimir Petuxov qotilligini tashkillashtirishda sirtdan ayblagan edi.
Izoh (0)