Ukraina 20-dekabrda boshlang‘ich shartlar bilan jami 3 milliard dollarlik Rossiya yevroobligatsiyalarini to‘lay olmaydi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaning Rossiyadan qarzini tijoriy emas, suveren deb atagach, Ukraina moliya vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi, deb yozadi Meduza.
“Maqomidan qat’i nazar, to‘lanish muddati 2015-yil dekabrda tugaydigan yevroobligatsiyalar Ukrainaning u boshlang‘ich shartlarga muvofiq ravishda to‘lay olmaydigan qarz majburiyatlariga kiradi”, — deyiladi bayonotda.
Unda aytilishicha, Ukraina ushbu obligatsiyalar bo‘yicha qarzni restrukturizatsiya qilish borasida o‘zaro murosaga kelish uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyor.
Izoh (0)