Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)dagi korrupsiya ishi bo‘yicha hibsga olingan Gondurasning sobiq prezidenti Rafael Kalyexas to‘rt million dollarni garovga qo‘yish evaziga ozodlikka qo‘yib yuborildi. Bu haqda AFP bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Kalyexas FIFAdagi korrupsiya mojarosi bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarga javob berish uchun ixtiyoriy ravishda AQShga kelganda, 16-dekabr, chorshanba kuni hibsga olingan.
1990—1994-yillarda Gonduras prezidenti bo‘lgan Kalyexas FIFAning marketing va televideniye bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shveysariya adliya federal byurosi (FOJ) FIFAdagi korrupsiya ishi bo‘yicha tekshiruvlar doirasida AQSh so‘rovi bo‘yicha bir necha o‘n million Shveysariya franki miqdoridagi mablag‘ni muzlatib qo‘ygan edi.
Izoh (0)