Mashhur bo‘lib ketgan do‘stlar – yo‘lbars Amur va echki Timurning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari, internet-do‘koni va alohida latifalar sahifasi ochildi. Bu haqda Primorye safari bog‘idan berilgan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lbars va echkining kundalik hayoti haqida yangiliklar, fotosurat va videolavhalar berib boriladi. Internet-do‘konda esa turli xil futbolka, krujka, magnitka va likopchalarni tanlab olish imkoniyati bor.
Yo‘lbars va echkining do‘stligi haqida so‘nggi kunlarda paydo bo‘lgan latifalar jamlangan alohida sahifasi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, internet foydalanuvchilarining iltimoslariga binoan Primorye o‘lkasidagi safari bog‘i ma’muriyati yo‘lbars Amur va echki Timur istiqomat qilayotgan qafasda veb-kameralar o‘rnatishga qaror qilgan edi.
Izoh (0)