Shveysariya adliya federal byurosi (FOJ) Xalqaro futbol federatsiyasidagi (FIFA) korrupsiya ishi bo‘yicha tekshiruvlar doirasida AQSh so‘rovi bo‘yicha bir necha o‘n million Shveysariya franki miqdoridagi mablag‘ni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda byuro vakili Folko Galli Tages-Anzeiger nashriga ma’lum qilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, muzlatilgan hisob raqamlaridagi mablag‘ning umumiy miqdori 50 dan 100 million frankkachani tashkil etadi. Amerika rasmiylari Shveysariyadan 10 ta bankdagi 50 ta hisob raqami bo‘yicha ma’lumot so‘ragan.
Izoh (0)