O‘zbekiston va Tojikiston Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalarining siyosiy maslahatlashuvlarini o‘tkazish keyinroq muddatga qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu qaror tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra qabul qilingan.
Ilgari mazkur maslahatlashuvlarning 2015-yilning 17—18-dekabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingan edi.
Izoh (0)