Pokistonning Parachinar shahri bozoridagi portlashda halok bo‘lganlar soni 15 kishiga yetdi. 47 nafar jabrdiydadan 15 nafarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Portlovchi qurilma xudkush tomonidan yoki masofadan turib harakatga keltirilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Hozirgacha hech bir guruh mazkur terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq bozordagi portlash oqibatida kamida 10 kishi nobud bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Izoh (0)