2015-yil yanvar—sentabr oylari davomida Rossiyada kambag‘allar soni 20,3 million kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2014-yilning shu davr ichidagi ko‘rsatkichidan 2,3 million kishiga ko‘paygan. Bu haqda Davlat statistikasi federal xizmati (Rosstat) bergan ma’lumotlarga asosan “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Kambag‘allik darajasi 2015-yil yanvar—sentabr oylarida 14,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yilning aynan shu davridagi daraja 12,6 foiz bo‘lgan.
Shuningdek, Rosstat ma’lum qilishicha, kambag‘allik darajasining ko‘rsatkichi mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, birinchi chorakda – eng yuqori va to‘rtinchi chorakda eng past darajada bo‘ladi. Taxmin qilinishicha, bu holat yil so‘nggida to‘lanadigan mukofot pullari bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning eng past yashash darajasi 2015-yilning uchinchi choragida odam boshiga oyiga 9 ming 673 rublga oshdi.
Izoh (0)